Sambo bo‘yicha jahon kubogi bahslari Qirg‘izistonning Cho‘lpon -Ota shahrida o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida sambo, ayollar o‘rtasida esa jangovar sambo bahslari yakunlandi. Unda vakillarimiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jangovar sambo bo‘yicha 59 kilogrammgacha vazn toifasidagi ayollar o‘rtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Shahzoda Azatova barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalga qadar barcha janglarda g‘alaba qozongan Gulina Obloqulova (jangovar sambo), Sardor Olimjonov, Dilshodbek Yo‘ldoshev, Ne’mat Yoqubov o‘z vazn toifalarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Ubaydullo Mo‘minov, Mirzohid To‘xtashev va Mamlakat Sultonova (jangovar sambo) terma jamoamizga bronza medalini keltirdi.

Musobaqa davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA