Janubiy Koreyaning Chuncheon shahrida jahon para taekvondo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida uch nafar vakilimiz chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida – 80 kg vazn toifasida Qudrat Muhammadiyev, + 80 kg vazn toifasida Asad Anvarov, ayollar o‘rtasida + 65 kg vazn toifasida Guljanoy Naimovalarga teng keladigan raqib topilmadi.

Shu tariqa dunyoning yetakchi para taekvondochilari ishtirok etgan musobaqada terma jamoamiz a’zolari 3 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA