Ko‘ksaroydagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on keng ko‘lamli strategik hamkorligimizni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga qaratilgan, o‘z mazmun-mohiyati bilan katta ahamiyatga ega bo‘lgan Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida mamlakatlarimiz hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjatga imzo chekildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘on muzokaralar o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida o‘tganini, imzolangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi uzoq istiqbolli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.