YUNESKOga a’zo mamlakatlar AQSHni yana safga qaytarish bo‘yicha qaror qabul qildi, deyiladi tashkilot tarqatgan xabarda.
Ayni mazmundagi rezolyutsiya kecha tasdiqlangan. Ovoz berishda 132 mamlakat qarorni ma’qullab, 15 davlat betaraf qoldi. Olti vakil, jumladan Rossiya, Eron, Suriya va Xitoy qarshi ovoz bergan.
Iyun oyi boshida YUNESKO bosh direktori Odri Azule Vashington olti yillik tanaffusdan keyin qaytish niyatida ekanini ma’lum qildi.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ta’kidlashicha, ko‘pgina mamlakatlar Vashingtonni tashkilotga nisbatan yaxshi munosabatda emaslikda ayblagan. Tashkilot safiga qaytgach, AQSH a’zolik badalini vaqtida to‘lashga va’da bergan.