“Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida To‘rtko‘l tumani ” Shodlik ” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil qilingan gala konsert dasturi ushbu shior bilan nom oldi.
Bayram tadbirida tuman hokimi R.Shamuratov yoshlar kuni munosabati bilan barcha yoshlarni qutladi.
Tadbir davomida yoshlar oyligi doirasida hamda Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tantanali ravishda rag‘batlantirildi.
Bayram tadbiri davomida tumandagi xushovoz estrada xonandalari yoshlarga o‘z dasturlaridan namunalar taqdim etdilar. Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda va yuqori darajada bo‘lib o‘tganligini 65-maktab bitiruvchisi Mashhura Kamiljanova quyidagisha taʼkidladi:
“Men “Shodlik” mahallasida yashayman. Bugungi boʻlayotgan bayram barcha yoshlarga manzur boʻlyapti desam adashmagan boʻlaman . Sababi milliyligimiz ramzi boʻlgan bir-biridan ajoyib chinnilar koʻrgan koʻzni quvontiradi hamda bayram kayfiyatiga oʻzgacha shukuh bagʻishlaydi. Chalinayotgan kuy-qoʻshiqlar ham kelgan mehmonlarimiz kayfiyatiga ijobiy taʼsir etyapti”.
Maftuna Yusupboyeva,
QDU, Internet jurnalistika yónalishi 1-kurs talabasi.
Qoraqalpoǵiston axborot agentligi