O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Kechqurun shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.  Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.   Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja issiq, Surxondaryo viloyatida 42-44 darajagacha issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zA