AQSH va Hindiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihaga start berdi, deya bayonot tarqatdi Pentagon. – AQSH va Hindiston mudofaa vazirliklari sohaga oid Hindiston – Amerika ekologiya tizimi (INDUS-X)ni ishga tushirdi, – deyiladi bayonotda. – Mazkur loyiha mudofaa sanoatida ikki mamlakat kooperatsiyasini faollashtiradi, texnologiya va ishlab chiqarishda yangi innovatsiyalarni ilgari suradi. Yangi ish o‘rinlari yaratish, tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyotni mustahkamlash hamda ikki mamlakat qurolli kuchlarini zaruriy quvvat bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Seshanba kuni Oq uy strategik aloqalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi Hindiston bosh vaziri Narendra Modining AQSHga tashrifi chog‘ida harbiy sohada hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganini ma’lum qilgandi.