Yoshlar puxta bilim egallamoqda

Nukus shahridagi 19-umumta’lim maktabida yoshlarga puxta ta’lim berish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun zamonaviy sharoit yaratilgan.

Mingdan ziyod o‘quvchi tahsil olayotgan maktabda ta’lim jarayoni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida olib boriladi. Fan, kasb-hunar va sportga yo‘naltirilgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Maktab o‘quvchilari orasida bilimlar bellashuvi, fan olimpiadalari, turli tanlov va sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar ko‘p.

3 (1).jpg
20 (1).jpg
23.jpg
24.jpg
25.jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA