Dunyoning eng boy odami Bernard Arno AQSH iqtisodiyoti zaiflashishi hashamatli tovarlarga bo‘lgan talabni kamaytiradi, degan qo‘rquv tufayli bir kunda o‘z boyligidan 11,2 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Louis Vuitton” sumkalari, “Moet & Chandon” shampan vinolari va “Christian Dior” liboslari kabi brendlarni o‘z ichiga olgan Fransiyaning transmilliy kompaniyasi asoschisi boyligi 2023 yilning aksariyat qismida tez o‘sib bormoqda, chunki Yevropaning qimmat tovar kompaniyalari aksiyalari narxi ham keskin oshgan.

Seshanba kuni vaziyat biroz o‘zgardi. Yevropaning eng qimmatli tovarlari segmenti kuniga taxminan 30 milliard dollar yo‘qotgan. “Bloomberg” milliarderlari indeksiga ko‘ra, Bernard Arno hamda sayyoramizning ikkinchi eng boy odami Ilon Mask boyliklari orasidagi tafovut 11,4 milliard dollarga qisqardi.

 

Nigina Safarmatova,

O‘zA