AQSH Prezidenti Jo Bayden Xitoy Raisi Si Szinpin bilan boshqa davlatlar rahbarlariga nisbatan ko‘proq suhbatlashgan.

“Men Xitoy yetakchisi bilan so‘nggi o‘n yil ichida ko‘p marta uchrashganman, ular jami 87 soatdan ko‘proq davom etgan”, dedi u Shimoliy Irlandiyaga safari doirasida Dandolkdagi uchrashuvi chog‘ida.

AQSH rahbari, shuningdek, Si Szinpin bilan birga o‘n yil ichida Xitoy bo‘ylab 17 ming mil, ya’ni 27,3 ming kilometrdan ortiq yo‘l bosib o‘tganini aytgan.

“The Washington Post” 2021 yilda yozganidek, Bayden Si Szinpin bilan birgalikda Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti bo‘lgan davrida ham 17 ming mildan ortiq masofani bosib o‘tganini aytgan edi.

Nashr Baydenning ushbu bayonoti bo‘rttirilganini aniqladi. Baydenning Si Szinpin bilan “sayohat qilishi” haqidagi iborasida yanglishlik bor, dedi Oq uy rasmiysi gazetaga suhbati chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi “birga o‘tkazgan uchrashuvlari uchun AQSH va Xitoy ichida va xalqaro miqyosdagi safarlarining umumiy sonini” nazarda tutgan.

 

O‘zA