Janubiy Koreyaning GDAC kriptobirjasi buzib kirildi, natijada xakerlar qiymati 20 milliard vonga (15 million dollarlik) teng turli kriptovalyutalarni o‘g‘irlashgan, deb yozmoqda Ryonxap agentligi.
“Xakerlar Janubiy Koreyaning GDAC kriptobirjasidan qiymati 20 milliard vonga teng kriptovalyutani o‘marishdi”, – deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.
Agentlikning ta’kidlashicha, o‘g‘irlangan kriptovalyuta summasi birja omborida saqlanayotgan jami aktivlarning 23 foiziga teng.
Xabarda keltirilishicha, o‘g‘irlik yakshanba kuni amalga oshirilgan. Aktivlarning bir qismi xorijdagi kriptovalyuta birjalariga jo‘natilgani aytilmoqda.
Ayni paytda GDAC kriptobirjasi bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan politsiyani xabardor qilgan.