Yaponiya mudofaa armiyasining quruqlik kuchlariga tegishli harbiy vertolyot Okinava prefekturasi suvliklarida g‘oyib bo‘lgan, deb yozmoqda Kyodo agentligi.
Yaponiya sohil qo‘riqchilari hamda boshqa manbalar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, UH-60 vertolyoti soat 16:40 larda radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, voqea Okinava prefekturasining Miyako orolidagi aeroportdan 18 kilometr uzoqlikda yuz bergan.
Sohil qo‘riqchilari voqea joyiga to‘rtta qidiruv kemasini jo‘natgan. Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu hududda ob-havo sharoiti yaxshi bo‘lgan.
Vertolyotda ikki nafar uchuvchi, ikki mexanik va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi mudofaa kuchlarida xizmat qiladi, deyilmoqda xabarda.