2022 yil oziq-ovqat mahsulotlarining dunyo bo‘yicha narxi 2021 yilga nisbatan 18 foiz oshgan. Bu ma’lumot Jahon savdo tashkiloti o‘tgan yil yakuni bo‘yicha bergan hisobotda keltiriladi.
“Oziq-ovqat narxi 2022 yil davomida keskin o‘zgarib turdi – yanvardan maygacha 19 foiz ko‘tarildi, keyin dekabrgacha 15 foiz tushdi. Umuman esa 2021 yilga nisbatan 18 foiz, jumladan, don narxi 21 foiz oshdi”, — deyiladi hujjatda.
O‘g‘it tannarxi yil davomida yanada ko‘tarilib, 63 foiz oshgan.