Sanna Marin boshchiligidagi Finlandiya hukumati Prezident Sauli Niinistyodan iste’fo so‘radi.

“Bosh vazir Sanna Marin 6 aprel kuni davlat rahbarining Myantyuniyem qarorgohida Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Sauli Niinistyoga hukumat iste’fosini taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu mamlakatda parlament saylovidan keyin Vazirlar Mahkamasi tarqatilishi an’anaga kirgan. Marin hukumati, 76- bor Vazirlar Mahkamasi yangi partiya koalitsiyasi va yangi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilganga qadar texnik vazifalarni bajarib turadi. Yangi hukumat yoz o‘rtalariga qadar ish boshlashi kutilyapti.

O‘zA