Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimini isloh qilish zarurligini yana bir bor ta’kidladi. Bu haqda “Anadolu” agentligi ma’lum qildi.
“Insoniyat taqdiri atigi beshta davlat hal qiladigan dunyo tartibi nochor holda. BMT Xavfsizlik kengashining keng qamrovli islohotini zudlik bilan amalga oshirmoq zarur”, dedi davlat rahbari.
Ukraina inqirozini hal qilish istiqbollariga to‘xtalar ekan, Turkiya yetakchisi Rossiya va Ukraina o‘rtasida adolatli tinchlik o‘rnatish imkoniyati borligiga ishonch bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “tomonlarga mavjud vaziyatdan munosib chiqish yo‘lini taqdim etadi va Turkiya mintaqadagi o‘zi bilmagan holda aralashib qolgan holatdan chiqib oladi”.
O‘zA