AQSH Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi – NASA so‘nggi 50 yil ichida birinchi marta Oyga parvoz qiladigan to‘rtta astronavtning nomini e’lon qildi. Ular orasida Oy missiyasida qatnashadigan ayol – Kristina Kox ham bor, deb xabar NASA matbuot xizmati.
Koxdan tashqari, “Artemida II”, deb nomlangan missiyada “Orion” kosmik kema ekipaji komandiri Rid Uayzman hamda Jeremi Xansen va Viktor Glover bor.
Parvoz 2024 yil oxiri yoki 2025 yilning boshiga rejalashtirilgan. “Artemida II”ning o‘n kunlik safari davomida Oyga qo‘nish ko‘zda tutilmagan, biroq NASAning qayd etishicha, ekipaj kelajakdagi missiyalar uchun Yer sun’iy yo‘ldoshi yuzasiga qo‘nishga yo‘l ochib beradi.
NASAning birinchi Oy dasturi 1961-1972 yillarda amalga oshirilgan. U yunon xudosi – Apollon nomini olgan edi. Missiya insoniyat tarixida Oyga birinchi qo‘nishni amalga oshirgan, umuman dasturga doir jami olti marta kosmik parvozlar Oyga qo‘nish orqali amalga oshirilgan.
O‘zA