Bugun Bryusselda Shimoliy Atlantika alyansining Tashqi ishlar vazirlarining ikki kunlik yig‘ilishi o‘z ishini boshlaydi, unda Finlyandiyaning NATOga qabul qilinishining rasmiy marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar berdi.
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ta’kidlaganidek, Alyansga a’zo barcha Tashqi ishlar vazirlari Finlyandiyaning Tashkilotga qabul qilish protokollarining ratifikatsiya qilingan asl nusxalarini AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenga topshirishadi (Qo‘shma Shtatlar Tashkilotga tegishli hujjatlarning asl nusxalari saqlanadigan depozitariydir).
Shundan so‘ng Alyans qarorgohi oldidagi a’zo-davlatlar bayroqlari ustuniga uning 31-a’zosi – Finlyandiyaning bayrog‘i ko‘tariladi.
“Finlyandiyaning Tashkilotimizga qo‘shilishi uni yanada xavfsiz va ittifoqimizni mustahkam qiladi”, dedi Stoltenberg.
“Bu voqea NATO tashkil qilingan 1949 yil 4 aprelda sodir bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi Bosh kotib.
Finlyandiya Shvetsiya bilan birga NATOga kirmoqchi edi, biroq Turkiya Qirollikning kirishiga qarshilik ko‘rsatishni davom ettirmoqda. Stokgolmning Anqaraga terrorizmda ayblangan kurd jangarilarini ekstraditsiya qilmayotgani bilan izohlanadi.
O‘zA