BAA, Ummon, Quvayt, Iroq va Jazoir OPEK+ mamlakatlari bilan muvofiqlashish doirasida 2023 yil maydan to yil oxirigacha neft qazib olish hajmini qisqartiradi.

Amirlikning davlatga qarashli WAM  agentligining yozishicha, BAA energetika va infratuzilmalar vaziri Suxayl al-Mazruy  neft qazib olish kuniga 144 ming barrelga qisqartirilishi haqida e’lon qilgan.

Shuningdek, Ummon qora oltin qazib olishni kuniga 40 ming barrelgacha, Quvayt 128 ming, Jazoir 48 ming barrelgacha qisqartirishni ma’lum qilgan. O‘z navbatida, Iroq neft vazirligi kunlik qazib olishni 211 ming barrelgacha qisqartirishga qaror qildi.

Saudiya Arabistonining davlatga qarashli SPA agentligi avvalroq Qirollik neft qazib olishni kuniga 500 ming barrelgacha qisqartirishi haqida yozgan edi.