Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon kubogi bosqichida terma jamoamiz a’zosi Taxmina Ikromova medallar uchun kurash olib bordi.

Kuchli sportchilar ishtirok etayotgan musobaqada hamyurtimiz to‘rtta mashq sarhisobiga binoan 124.550 ballga ega bo‘lgan holda bronza medalini qo‘lga kritdi.

Murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, bolgariyalik Stiliana Nikolova 131.300 ball bilan oltin medalga, italiyalik Safiya Rafaeli 128.750 ball jamg‘arib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA