AQSH davlat kotibi Entoni Blinken The Wall Street Journal nashrining jurnalisti Evan Gershkovichning hibsga olingani sababli Rossiyada bo‘lib turgan Amerika fuqarolarini tezlik bilan ushbu mamlakatni tark etishga chaqirdi.
“Davlat departamenti uchun xorijda yurgan AQSH fuqarolarining xavfsizligi eng ustivor hisoblanadi. Biz AQSH fqarolarining Rossiya hududida bo‘lishi o‘ta xavfli ekani haqidagi keskin ogohlantirishimizni yana bir bor takrorlaymiz.
Amerikaning Rossiyada yashayotgan yoki sayohat qilib yurgan fuqarolari bu mamlakatni zudlik bilan tark etishi kerak”, – degan Blinken AQSH davlat departamenti tomonidan tarqatilgan bayonotda.