Bugun Qozog‘iston Majilisi (parlamenti)ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning ishida davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev ishtirok etdi.
Sessiyada hukmron “Amanat” partiyasining taklifi bilan Alixan Smailov Bosh vazir etib saylandi. Ovoz berishda qatnashgan 97 deputatdan 82 nafari uning nomzodini yoqlab ovoz berdi, 7 deputat unga “qarshi” chiqdi va 8 deputat betaraf qoldi.
Davlat yetakchisi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, shu kunning o‘zida Prezident Toqayev Smailovni Qozog‘iston Bosh vaziri etib tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladi. Smailov respublika hukumatini 2022 yil yanvar oyidan beri boshqarib keladi.
50 yoshli Smailov 2020 yilning may oyida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, 2019 yilda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri hamda undan avvalgi turli yillarda moliya vaziri, Qozog‘iston Prezidenti yordamchisi lavozimlarida ishlagan.
O‘zA