Tayvan ma’muriyati rahbari Say Inven Nyu-York shahriga yetib keldi, deb yozmoqda Wall Street Journal gazetasi.

“Tayvan ma’muriyati rahbari chorshanba kuni uch yildan ortiq vaqt mobaynida ilk bor Nyu-York shahriga tashrif bilan keldi”, — deyiladi gazeta tarqatgan xabarda.  

Nashrning ta’kidlashicha, Sayning AQSHda bo‘lib turishi norasmiy bo‘lib, texnik tomondan tranzit safari sifatida ko‘rilmoqda.

Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mao Nin brifingda Say Inven safari chog‘ida AQSH hududidan tranzit sifatida foydalangani haqidagi xabarni yolg‘on deb atadi va Vashingtonni Taybey bilan har qanday rasmiy munosabatlarni to‘xtatishni talab qildi.

Avvalroq Orol ma’muriyati rahbarining idorasi Say Inven rahbarligidagi Tayvan delegatsiyasi 29 mart kuni AQSH orqali Gvatemala va Belizga jo‘nab ketishi haqida ma’lum qilgandi. Tayvan delegatsiyasi Taybeyga do‘st hisoblangan ushbu Markaziy Amerika mamlakatlariga safari o‘n kunga cho‘zilishi aytilmoqda.