Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli vazirliklarni Qohiraning sharqiy qismida 50 kilometr uzoqlikda bunyod etilgan poytaxtning yangi ma’muriy markaziga ko‘chirish jarayonini yakunlashga chaqirdi. Bu haqda chorshanba kuni hukumat matbuot xizmati ma’lum qilgani aytilmoqda.

“Madbuli qator vazirliklar yangi shahardagi hukumat dahasida joylashgan binolariga ko‘chib o‘tib, allaqachon o‘z faoliyatini boshlab yuborgan. Endi boshqa vazirliklar ham yangi ma’muriy markazga ko‘chib o‘tish jarayonini nihoyasiga yetkazishi kerak”, – deydi Nile TV hukumat matbuot xizmati tarqatgan bayonotni keltirar ekan.

Misrning yangi ma’muriy poytaxti hududi 700 kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, uning qurilishi 2015 yilda boshlangan edi. Mazkur loyihaning qiymati 45 milliard dollarga baholanmoqda. Shaharchada doimiy ravishda 6,5 million kishi yashashi mumkin. U yerga hukumat va parlament bilan birga 50 mingdan ziyod xodimlar va davlat sektori ishchilari hamda xorijiy elchixonalar ham ko‘chib o‘tishi kerak.