BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning fikricha, demokratiya xavf ostida.
“Demokratiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga amal qilish qadriyatlari dunyoning ko‘p mamlakatlarida xavf ostida qolmoqda”, – dedi Bosh kotib “Demokratiya uchun sammit”da so‘zga chiqib. Guterrishning ta’kidlashicha, BMT nizomi demokratiya manbai hisoblanadi.
Chorshanba kuni AQSH, Zambiya, Kosta-Rika, Niderlandiya va Janubiy Koreya birgalikda 120 ta saylangan davlatlar uchun ikkinchi “demokratiya uchun sammiti”ni boshladi. Avvalroq AQSH davlat departamenti mazkur tadbirda yetakchi faollar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishini ma’lum qilgan edi.