Vabo kengayish hududi kattalashib borayotgani va yangi-yangi joylarda paydo bo‘layotgani bois kasallikning global darajada tarqalish xavfi juda yuqori, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) yaqinda e’lon qilingan ma’ruzasida.
“Joriy vaziyatdan kelib chiqib, jumladan, kasallikning paydo bo‘lishi kuchaygani va tarqalish hududi kengaygani, shuningdek, vaksinalar va boshqa resurslar yetishmasligi bois, JSST uning global darajada tarqalish xavfi yuqori ekanini ta’kidlaydi”, deyiladi hujjatda.
11 fevralda vaboning global darajada tarqalayotgani haqida xabar berilgandan keyin, vaziyat yanada yomonlashgan. Yana to‘rtta mamlakat vabo tarqalgani haqida ma’lum qilgan. Hozirgacha, jami 24 ta mamlakatda vabo paydo bo‘lgani haqida aytilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, vabo tarqalgan mamlakatlarning aksariyati Afrika va Yaqin Sharqda joylashgan.