Xitoyning TikTok ilovasi Britaniya parlamentidagi barcha qurilmalarda, shuningdek, o‘z tarmog‘ida ham bloklanadi, deb xabar tarqatmoqda Sky News telekanali mamlakat parlamenti vakiliga tayanib.

“Hukumat qurilmalarida TikTok taqiqlangandan keyin, jamoatchilik palatalari va lordlar palatasi komissiyalari parlamentning barcha qurilmalarida TikTok ilovasini bloklashga qaror qildi”, – deyiladi telekanal tarqatgan xabarda.

Parlament vakilining ta’kidlashicha, “parlament uchun kiberxavfsizlik asosiy ustuvorlik kasb etadi”.

O‘tgan hafta vazirlar mahkamasi ishlari bo‘yicha vazir Oliver Douden mansabdorlarning xizmat telefonlarida TikTok taqiqlangani haqida ma’lum qilgandi.

XXR elchixonasi ushbu qarorni siyosiy maqsadlarga egaligini ta’kidladi.

Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli bo‘lgan TikTok ilovasi 2018 yilda qisqa videolar olish va ko‘rish uchun ishga tushirilgan. TikTok bosh direktori Chjou Shoutszining ta’kidlashicha, AQSHda ushbu ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchilari 100 million kishidan oshadi.