Osiyo futbol konfederatsiyasi U-20 Osiyo kubogi ishtirokchilari orasidan 4 futbolchini tanlab, ijtimoiy tarmoqda «Kelajak yulduzi» nominatsiyasi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi posboni, turnirning eng yaxshi darvozaboni Otabek Boymurodov g‘olib deb topildi.
Otabek so‘rovnomada Ali Jassim (Iroq), Naomi Kumata (Yaponiya) va Kim Yong Hakni (Janubiy Koreya) ortda qoldirdi.
O‘zA