Payshanba kuni yuzlab yo‘lovchilar Gonkong xalqaro aeroportida turib qolgan. Hodisaga kompyuter tizimida nosozlik sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda South China Morning Post nashri.
Xabarda aytilishicha, nosozlik payshanba kuni erta tongda ro‘y bergan. Natijada yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish to‘xtab qolgan.
Nashrning aniqlik kiritishicha, nosozlik asosan Gonkongdagi yetakchi aviatashuvchi hisoblangan Cathay Pacific Airways kompaniyasiga ko‘p zarar yetkazgan. Nankin, Taybey va Bangkok yo‘nalishidagi parvozlar ma’lum muddatga qoldirilgan.