Aralash jang san’ati (MMA) sport turi joriy yil 17-26 noyabr kunlari Tailandning Bangkok va Chonburi shaharlarida o‘tadigan yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari (AIMAG) dasturiga kiritildi.
Bu ma’lumot Osiyo Olimpiya kengashi (OSA) tomonidan o‘yinlarni tashkil etish qo‘mitasi yig‘ilishida tasdiqlandi, deyiladi OSA xabarida.
Aytish joiz, ushbu yirik sport anjumani dasturida 30 sport turi mavjud.
T. Ro‘ziyev, O‘zA