9 mart kuni Italiyaning markaziy qismida joylashgan Peruja viloyatida ikki marta – 4.6 va 3.9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlar yoki vayronagarchilik haqida ma’lumot berilmagan, biroq mahalliy hukumat ayrim muassasalar, jumladan, o‘quv maskanlarini yopdi.

Italiyada mamlakatning geologik xususiyati tufayli tez-tez yer qimirlaydi, chunki ushbu davlat Yevroosiyo va Afrika tektonik plitalari o‘rtasidagi faol yoriqlarga yaqin joylashgan. Ushbu yoriqlar har yili 2 santimetr siljimoqda.

Mutaxassislar oxirgi payt ayni hududda ko‘p bor zilzila kuzatilayotganini qayd etishmoqda.

O‘zA