Prognozlarga ko‘ra, avstraliyalik fermerlar joriy yilda mamlakat tarixidagi eng katta hosilni yig‘ishtirib oladi va eksport qiladi.
Prognozlarga ko‘ra, bu yil Avstraliyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 75 milliard AQSH dollariga yetadi.
«Bizga haqiqiy omad keldi. Bunday yuqori hosil olishga shubhasiz, yil seryog‘in kelgani sabab bo‘ldi, qolaversa, yomg‘irlar aynan kerakli vaqtda bo‘lganidir», – dedi Melburndagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqatlar instituti direktori Toni Bachich.
«Agar yomg‘ir biroz kech bo‘lganida yoki suv o‘z vaqtida qurimaganda edi, biz ulkan hosilni qo‘ldan boy bergan bo‘lardik», – qo‘shimcha qildi u.
Xabarda aytilishicha, iqlim o‘zgarishi tufayli qit’ada yaqin oylarda quruq ob-havo sharoiti hukmron bo‘ladi.