Britaniya taxtini egallashga beshinchi o‘rinda turuvchi shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Karl III ning toj kiyish marosimiga taklifnoma oldi. Bu haqda Sasseks gersogi va gersogoviniyasi vakiliga tayanib, “The Sunday Times” nashri xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, Garri “yaqinda oliy hazratlarining idorasidan toj kiyish marosimida qatnashish uchun elektron taklifnoma olgan”.

Shu bilan birga, vakilning aytishicha, Sasseks gersogi va gersogovinasining marosimda ishtirok etishi haqidagi qaror hozircha oshkor qilinmagan.

Biroz avval “The Sun” gazetasi toj kiyish marosimiga kenja o‘g‘li Garrining qatnashishi majburiy emasligi, chunki bundan buyon Qirolning aka-ukalari va farzandlari monarxga sodiqlik uchun tiz cho‘kib qasamyod qilishi shart emas, deb yozgan edi.

“Marosimning ushbu elementi faqat taxt vorisi bo‘lgan Uels shahzodasi Uilyam uchun saqlanib qoladi”, deyilgan.

Karl III ning toj kiyish marosimi 6 mayda bo‘lib o‘tishi rejalangan.

 

O‘zA