Bu gal Yevropada qish anchayin iliq keldi. Qit’ada rekord darajada kam yog‘in kuzatildi. Qish sovuq keladi, gaz, elektr energiyasi qimmatlashib ketadi kabi taxminlar o‘zini oqlamadi. Afsuski, yog‘ingarchilik kam bo‘lishi ham yevropaliklar uchun yil yaxshi kelishini anglatmayapti. Xavotir shundaki, qor yetishmasligi butun qit’a bo‘ylab daryo, kanal va ko‘llarda suv sathi xavfli darajada pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.

O‘tgan yil Fransiya va Italiyada daryolar bilan shunday holat kuzatilgandi. Mutaxassislar bulturgi qattiq qurg‘oqchilik bu yil ham takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Qurib qolgan daryo o‘zani yoki ko‘l, odatda, qish emas, balki yozning jazirama quyoshi bilan bog‘liq ekan. Qayd etilishicha, iliq havo to‘lqini Yevropaning bir qismi, jumladan, markaziy va janubi-g‘arbiy Fransiyani, Ispaniya va Italiya shimolini qamrab olgan.

Синоптики рассказали, когда в Петyerbuрге улучшится погода - Новosti Мoyка78

Yanvar oyida Avstriyaning Grats texnika universiteti tadqiqotchilari sun’iy yo‘ldosh ma’lumotidan foydalanib, dunyodagi yer osti suv resurslarini tahlil qildi. Ushbu tadqiqot orqali Yevropada suv ta’minoti msalasi tashvish uyg‘otadigan darajaga yetgan. Fransiya oxirgi 60 yildagi eng iliq va yog‘in kam qishni boshdan kechirdi. Natijada mamlakat rasmiylari tez orada suv iste’moliga cheklov joriy etishi mumkinligi aytilmoqda. 21 yanvardan 21 fevralgacha mamlakatda 32 kun davomida jiddiy yog‘ingarchilik kuzatilmadi. Bu 1959 yildan beri eng kam yog‘in qayd etilgan qishdir. Meteo-Fransiya iqlimshunosi Saymon Mittelberger fikricha, noodatiy qish daryo va ko‘llarga, shuningdek, mamlakat tuprog‘iga halokatli ta’sir ko‘rsatmoqda.  Mamlakatdagi tuproq namligining hozirgi darajasi, odatda, aprel oyi o‘rtalarida kuzatilardi.

CIMA tadqiqot jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, bu yil Alp tog‘ida odatdagidan 63 foiz kam qor yog‘di. Iqlimshunoslar ogohlantirishicha, kelgusi bir necha oy ichida yetarli darajada yog‘in yog‘masa, vaziyat yanada yomonlashishi mumkin. Odatda suv toshqini jiddiy muammo chiqaradigan Venetsiyada bu yil suv odatdagidek toshmadi, bu ba’zi kanallar qurishiga olib keldi. Shu bois hozir Venetsiya kanallarida avvalgidek suv taksisida sayohat qilishning iloji yo‘q.

В Венеции временно пyerесохла часть легендарных каналов - фото / NV

Po daryosi sathi 61 foiz pasaygan, bu yilning ayni davri uchun o‘ta salbiy ko‘rinish, deyishyapti mutaxassislar. O‘tgan yoz Italiya so‘nggi 70 yildagi eng kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekdi va Po daryosi atrofidagi hududlarda favqulodda holat e’lon qilindi. Vaziyat shunday davom etsa, bu yil ahvol yanada ayanchli bo‘lishi mumkin, deydi ekspertlar.

2022 yil Ispaniyada ham eng issiq kelishi suv ta’minoti bilan bog‘liq xavotirni keltirib chiqardi. Hukumat suv resurslarini boshqarishga, qariyb, 24 milliard dollar sarmoya kiritish rejasini tasdiqladi. Mamlakatda 1980 yildan beri foydalanib kelinayotgan suv hajmi bu yil 12 foiz kamaydi. 2050 yilga kelib bu ko‘rsatkich 40 foizga yetishi mumkin.

https://khovar.tj/rus/wp-content/uploads/2023/03/zasuha.jpg

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Yevropaning doimiy mu’tadil iqlimi shu vaqtgacha qit’a mamlakatlari taraqqiyoti, aholisi farovonligi uchun eng maqbul ob-havo bo‘lib kelayotgan edi. Dunyo migrantlarining aksari yaxshi hayot qidirib yo‘lga chiqqanda aynan Yevropaga yuzlanishi ham ko‘p jihatdan ushbu mezon bilan bog‘liqligi sir emas. Binobarin, so‘nggi yillarda iqlim keskin o‘zgarib borayotgani dunyoning ko‘plab hududlari qatori Yevropa tabiatiga ham sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Boshqacha aytganda, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar moliyaviy, ilmiy-texnologik imkoniyati anchayin yuqori bo‘lgan Yevropa hamjamiyati uchun ham begona emasligi ayonlashmoqda.

Internet materiallari asosida

Saidmurod Rahimov tayyorladi.

O‘zA