O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taklifiga ko‘ra, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida, uning Nukus va Termiz shaharlaridagi filiallarida, Andijon qishloq xo‘jaligi institutida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. 

Unda har uch yilda kamida bir marotaba o‘tkaziladigan Inspeksiya xodimlari, birinchi navbatda tuman va shahar inspektorlari, avtomobil yo‘llari, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlari o‘z bilimini yanada mustahkamlashi mumkin.

Bundan tashqari davlatimiz rahbarining joriy yil 28 mart kuni qabul qilingan «O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida Toshkent davlat agrar universitetida o‘simliklar karantini va himoyasi kafedrasini tashkil etish ham belgilab qo‘yildi.

 

O‘zA