Bu Prezidentimizning joriy yil 28-mart kuni qabul qilingan «O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilandi.

2018 yil 1 maydan boshlab o‘simliklar karantini bo‘yicha tuman va shahar inspektorlari, avtomobil yo‘llari, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlariga, qonun hujjatlarida belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har chorak yakuni bo‘yicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun moddiy rag‘batlantiriladi.

Bu Inspeksiya boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan faoliyatni baholashning reyting tizimiga muvofiq quyidagicha belgilanadi:

– 70 balldan 80 ballgacha to‘plagan inspektorlarga – lavozim maoshiga
50 foizgacha;

– 80 balldan 90 ballgacha to‘plagan inspektorlarga – lavozim maoshiga
100 foizgacha;

– 90 balldan 100 ballgacha to‘plagan inspektorlarga – lavozim maoshiga 150 foizgacha.

 

O‘zA