Kanada AQSH va YeI izidan borib, davlat xizmatchilariga aloqa qurilmalarida TikTok ilovasidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.
Kanada hukumati davlat xizmatchilari o‘zlarining gadjetlarida TikTok ilovasidan foydalanishi maxfiylik va xavfsizlik nuqtai nazardan maqbul emas, deb izohlamoqda.
Ayrim amerikalik va yevropalik qonun chiqaruvchilar hamda rasmiylar Pekin TikTok orqali foydalanuvchilardan ma’lumotlar olishda foydalanishi mumkin, degan fikrni ilgari surmoqda.
O‘tgan hafta Yevropa komissiyasi ham xodimlariga kommunikatsiya qurilmalarida TikTok ilovasidan foydalanishni taqiqlagan edi.
AQSH federal hukumati va bir qator shtatlari ham davlat xizmatchilarining o‘z qurilmalarida TikTokdan foydalanishini taqiqlagandi.
Apptopia tahlil kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilda TikTok dunyoda ham, AQSHning o‘zida ham eng ko‘p yuklangan ilovaga aylandi.