Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan xalqaro “Stranja” turniri vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Kuni kecha o‘tgan bahslarda 8 nafar bokschimiz g‘alaba qozondi.

Musobaqada Shunqor Abdurasulov, Ruslan Abdullayev, Adhamjon Muhiddinov, Mujibillo Tursunov, Dilshod Abdumurodov, Bahodir Jalolov, Havasbek Asadullayev, A’loxon Abdullayev raqiblarini yengib navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Nozimaxon Bulturova esa Jyotiga (Hindiston) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 23 fevral kuni xalqaro turnirning chorak final bahslari o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda 20 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.

Ularning raqiblari bilan tanishing:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Djanis Salotskix (EUBC)

-57 kg: Abdumalik Xalakov – Junmilardo Ogayre (Filippin)

-92 kg: Lazizbek Mullojonov – Rik de Nuiyer (Niderlandiya)

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Aygun Birol (Turkiya)

-92 kg: Madiyar Saidrahimov – Sadam Magomedov (Serbiya)

-80 kg: Odiljon Aslonov – Tuoxetayerbiyeke Tanglatian (Xitoy)

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Baregam Xarutyunyan (Armaniston)

-48 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Govind Kumar Sahani (Hindiston)

-54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov  – Karlo Paalam (Filippin)

-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Artur Xazaryan (Armaniston)

-60 kg: Athamjon Muhiddinov – Murat Yildirim (Germaniya)

-54 kg: Shahzod Muzaffarov – Sachin (Hindiston)

-60 kg: Dilshod Abdumurodov – Julifer Baskon (Filippin)

-71 kg: Nurislom Ismoilov – Aidan Valsh (Irlandiya)

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Loris Idrizi (Kosovo)

-67 kg: Bekzod Hamidov – Temirxan Tezek (Qozog‘iston)

-71 kg: Saidjamshid Jafarov – Vaxid Abbasov (Serbiya)

-86 kg: Temurxon Sobirov – Tomas Niyedzviyetski (Polsha)

+92 kg: Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)

-86 kg: Shohjahon Abdullayev – Bekzat Tangatar (Qozog‘iston)

Javohir TOSHXO‘JAEV,  

O‘zA