Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Masalan, vazirliklarning 5 mingta funksiyasidan faqat 30 foizi raqamlashgan.

Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimining (EHNAT) 160 dan ortiq funksiyasi bo‘lsada, hozirda faqat 1-2 tasidan foydalanilayapti, xolos. Jumladan, tuman elektr tarmoqlari korxonalari qayerda avariya bo‘lganini faqat aholi murojaati orqali biladi.

Shu kabi masalalar tartibga solinmagani tanqid qilinib, mutasaddilarga EHNAT imkoniyatlarini to‘liq inventarizatsiya qilib, ularni hududlarning elektr balansini shakllantirish, noqonuniy ulanishlar va avariyalarni nazorat qilish, iste’molni rejalashtirish kabi yo‘nalishlarda ishlatish topshirildi.

O‘zA