Kecha Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga murojaat qildi. Aslida an’anaviy murojaat Konstitutsiyaga muvofiq har yilning oxirida qilinishi kerak edi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

Rossiya strategik tajovuz qurollari shartnomasidagi ishtirokini to‘xtatadi, deb ta’kidladi Putin o‘z nutqida. Bu “shartnomadan chiqmaymiz, balki undagi ishtirokimizni to‘xtatib turamiz”, dedi prezident.

Strategik tajovuz qurollariga oid shartnomalar Rossiya va AQSH o‘rtasidagi ikki taraflama kelishuv bo‘lib, ular strategik yadroviy qurollar arsenalini o‘zaro qisqartirishni nazarda tutadi.

Yetakchi “agar AQSH birinchi bo‘lib sinasa, Rossiya ham yadroviy qurollarni sinashini” bildirdi. “AQSH va NATO Rossiyani strategik parchalashga qaratilgan maqsadlarini ochiqdan-ochiq bayon etishmoqda”, deb qo‘shimcha qildi u.

O‘z nutqida davlat rahbari Moskva xavfsizlik tizimi ustida ishlashni taklif qilib, G‘arb bilan muloqotga ochiq, dedi.

“Biz G‘arb bilan konstruktiv muloqotga ochiq, samimiy tayyor edik. Yevropaga ham, butun dunyoga ham barcha davlatlar uchun teng bo‘linmas xavfsizlik tizimi zarurligini ta’kidladik. Ko‘p yillar davomida sheriklar-hamkorlarimizga bu g‘oyani birgalikda muhokama qilishni va uni amalga oshirishni taklif qilib keldik”.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, “bunga Rossiya “noaniq yoki ikkiyuzlamachi” javob oldi”.

Rossiya istiqbolli tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytiradi, shuningdek, yangi logistika yo‘lagi qurilishi haqida to‘xtalib, “Qozon tezyurar avtomagistralini Yekaterinburg, Chelyabinsk va Tyumen, kelajakda esa – Qozog‘iston, Mongoliya va Xitoyga chiqish orqali  Irkutsk va Vladivostokka uzaytirish bo‘yicha hukumatning qarori ishlab chiqilmoqda”, deb ta’kidladi yetakchi.

“Bu esa Janubiy-sharqiy Osiyo bilan iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga olib keladi”, deb qo‘shimcha qildi Putin.

 

O‘zA