NATO o‘zining o‘q-dori zaxiralarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazdi va sanoatini o‘q-dori ishlab chiqarishni jadallashtirishga undash uchun yangi maqsadlarni belgilab oldi.

Bu haqda seshanba kuni Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar xizmati rahbari Jozep Borrel va Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tgan.

TASS agentligining yozishicha, u “biz o‘zimizning o‘q-dori zaxiralarimizni to‘liq tahlil qilib chiqdik, o‘q-dori ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish uchun sanoatimizni rag‘batlantiramiz”, degan.