“2023 yil 21 fevralda Ukraina ta’lim va fan vaziri Sergey Shkarlet Kiyev shahri va viloyat harbiy ma’muriyatlariga, ta’lim muassasalari rahbarlariga 2023 yil 22-24 fevral kunlari ta’lim jarayonini masofaviy formatga o‘tkazishni tavsiya qildi”, – deyiladi ta’lim vazirligining ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan xabarida.
Avval ham Ukrainada masofaviy ta’lim formati 10 oktyabrdan 14 oktyabrgacha qo‘llanilgan edi. 17 oktyabrdan esa, o‘quv yurtlariga bu borada o‘zlari qaror chiqarishiga ruxsat berildi. Kiyevda 24 noyabrdan maktablarda aralash ish faoliyati va bog‘chalarda sirtqi format joriy qilingan edi.