Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi doirasida ShHT Mintaqaviy antiterror tuzilmasi kengashi rahbari Yevgeniy Sisoyev ham tashkilotning ushbu maqsadlarga qaratilgan faoliyati haqida quyidagilarni ma’lum qildi:
Bu Afg‘oniston bo‘yicha o‘tgan yarim yil ichida o‘tkazilayotgan ikkinchi muhim konferensiya bo‘lmoqda. Shu o‘rinda, mintaqada barqaror rivojlanishni ta’minlash borasida O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidlashni istardim. Bugun Yaqin Sharqdagi mojarolar, Shimol Afrikaning ayrim mamlakatlarida davom etayotgan notinchlik jahon hamjamiyati oldida turgan, hal etili kerak bo‘lgan birinchi darajali vazifa bo‘lib qolmoqda. Suriya, Yaman, Liviyadagi keskin vaziyat terrorizm eksporti va migratsiya to‘lqinini yuzaga keltirmoqda. Ushbu mamlakatlar hududida harakat qilayotgan qurolli kuchlarni bosimi ostida bu yerda terrorchilik harakati o‘z yo‘nalish va geografiyaini o‘zgartirib bormoqda. To‘qnashuvlardan qochib o‘z yurtlariga qaytayotgan harakat a’zolari esa o‘z davlatlarida mudroqdagi terror harakatini tashkil etmoqda. ShHTning antiterror tuzilmasi o‘z faoliyatini bu kabi muammo va xatarlarni barataf etgani holda, aniq natijalarga erishayotganini aytib o‘tishni istardim. Chunonchi, hozirgi kunga qadar tashkilotimiz tomonidan sodir etilishi va rejalashtirilgan 600 terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlarining oldi olindi.
Bugungi konferensiya esa tinchlikka erishish maqsadidagi yana bir muhim qadamlar bo‘lib qoladi.