Yaponiya politsiyasi Sidzuoka prefekturasidagi Xamamatsu shahrining Ensyuxama cho‘milish hududiga odamlarning kelishini taqiqlab qo‘ydi.
“Bu yerda aylanasi 1,5 metr keladigan shubhali shar topilgan, u metalldan yasalganga o‘xshaydi”, deyiladi Daiichi TV telekanali tarqatgan xabarda.
Shar Namamatsu shahrining Suboi tumani sohilidan mahalliy aholi vakili tomonidan topilgan. So‘ngra u bu haqda politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
Hozirda plyajga kelish taqiqlangan, tumanda harakatlar qattiq nazorat qilinmoqda. Ob’ekt mutaxassislar tomonidan tekshirilmoqda. Sharning surati Yaponiya o‘zini mudofaa qilish kuchlari hamda sohil qo‘riqchilari ekspertlariga jo‘natildi. Hozircha shar bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar berilmayapti, deyiladi xabarda.