22 fevral kuni Varshavada “Buxarest to‘qqizligi” sammiti bo‘lib o‘tadi, uning ishida NATO Bosh kotibi qatnashadi, deb xabar berdi Shimoliy alyans matbuot xizmati.
“NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Sharqiy Yevropa – “Buxarest to‘qqizligi”, deb ataladigan Polsha sammitida qatnashadi”, deyiladi xabarda.
Mazkur sammit ishida AQSH Prezidenti Jo Baydenning ham ishtirok etishi kutilmoqda.
“Buxarest to‘qqizligi” 2015 yilda Yevropa Ittifoqining sobiq Sharqiy Yevropa davlatlari tomonidan tashkil etilgan. Bu respublikalar ilgari sotsialistik blok tarkibida bo‘lishgan va sobiq Sovet ittifoqi ichiga kirishgan.
“To‘qqizlik”ka Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Estoniya, Latviya va Litva kiradi.
O‘zA