Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, davlat OTMning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlarga ko‘ra, bu tartib, shuningdek magistratura qishki qabulida to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.
Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.
O‘zA