O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi yangi formatda tashkil etilgan. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bildirilayotgan Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan aniq taklif va mulohazalar o‘z natijasini beradi.
Yaponiya afg‘on xalqiga ijtimoiy-gumanitar sohalarda yordam ko‘rsatib, Afg‘onistondagi tinchlikni tiklash va xavsizlikni ta’minlashda faol ishtirok etishini bildirdi. Afg‘onistonda o‘rnatiladigan barqaror muvozanat chegaradosh mamlakatlaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.