Fransiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga tayyor

Toshkent xalqaro konferensiyasida Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor so‘zga chiqdi.

– Afg‘onistonda tinch, barqaror muhit shakllanishidan barchamiz manfaatdormiz, – dedi Violen de Vilmor. – Shu bois O‘zbekiston va Afg‘oniston tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz. Fransiya Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi munosabatda. O‘ylaymizki, bundan keyin ham aloqalarimiz mustahkamlanib boradi.
Elchi Fransiya bugungi Toshkent konferensiyasi qarorini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

 

O‘zA