Hindiston tashqi ishlar vaziri Mubashar Javed Akbar poytaxtimizda davom etayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgani u uchun sharaf ekanligi va bu anjuman ularga katta umid berayotganini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda tinchlik barqaror bo‘lishini ta’minlash va buning uchun Afg‘onistonga ko‘mak berish kerakligini qayd etmoqda. Bunday harakatlar O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ham amalga oshirilganini eslab o‘tishni istardim.
Darhaqiqat, dunyo tinch bo‘lsa, insonlar ahil-inoq yashasagina davlatlar gullab-yashnaydi. Iqtisodiy yuksaladi. Biroq, necha yillardan buyon Afg‘onistonda bunga erishib bo‘lmayapti. U yerda minglab opa-singillarimiz zo‘rovonlik va urushlar qurboni bo‘lmoqda. Xalqning jabr ko‘rayotganiga guvoh bo‘layotirmiz. Vaholanki, Afg‘onistonning shimoliy hududlarida holat juda og‘ir.
Yetmishinchi yillarda Afg‘onistonga borganimizda uni juda chiroyli va obodligini ko‘rganman. Bir vaqtlar bizning futbol jamoalarimiz o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazib turishardi. Endilikda biz u kunlarni xotira sifatida eslashga majbur bo‘layapmiz.
O‘zA