Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan tashkillashtirilgan futbol hakamlarini nufuzli musobaqalarga jalb etish imtihonlarida FIFA tasnifiga ega hakamlarimiz Rahimbek Karimov, Firdavs Norsafarov (futbol), Oybek Kalaxo‘jayev (futzal) va Roziyabonu Yusupova (ayollar futboli) ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.

Bugun, 20 fevral kuni OFK imtihonlar natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan R.Yusupova OFK Elit ayol hakamlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, R.Karimov, F.Norsafarov OFK nazoratchisi tomonidan uch bosqichli sinov bahslarini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi.

O‘zA