WAM axborot agentligi xabariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari Sharja amiri Javohir bin Muhammad al-Qosimiyning rafiqasi chaqirig‘i bilan shahar televideniyesida Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlariga yordam yig‘ish maqsadida uch soatlik aksiya tashkil etildi. Telemarafon orqali 15 649 140 dirham, ya’ni 4 million 200 ming dollar xayriya to‘plandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, BAA hukumati mash’um tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan Suriya va Turkiya xalqiga 91 samolyot yuk – jami 2549 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi.
Mamlakat Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon avvalroq Turkiyaga 50 million dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilishini aytgan edi.
O‘zA